2020-yilda Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida Ilm-fan va robotexnika muzeyining (Robot Science Museum, RSM) o‘ziga xos binosi paydo bo‘ladi, deb xabar beradi Spot.

Obyektni qurish huquqi Turkiyaning Melike Altinisik Architects (MAA) arxitektura kompaniyasi tomonidan qo‘lga kiritildi. Boshqaruv vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yangi muzeyning asosiy xususiyatlaridan biri barpo etish va ishga tushirishning barcha bosqichlari — ishlab chiqarish dizayni yaratilishidan qurilish va xizmat ko‘rsatishgacha robotlar, shuningdek, 3D printer, dronlar kabi boshqa yuqori texnologiyali vositalardan foydalaniladi.

... Читать дальше »

Категория: Tehnologiyalar va Kashfiyotlar | Просмотров: 17 | Добавил: BOY_AKA | Дата: 14.03.2019 | Комментарии (0)

Uzbek estradasida o`zining alohida yo`nalishiga ega bo`lgan “ Benom” guruhi ijodning ayni qizigan pallasiga kirishgan. Guruh yigitlari mart oyida yurtimiz bo`ylab va chet el gastrol safarlarini rejalashtirgan. Jumladan 5 mart kuni Chimkent va 9 mart kuni Termiz shaharlarida o`zlarining ijod mahsullari bilan muxlislarini xushnud etadi.

Shuningdek, ijodkorlar Turkiya poytaxti Istambul shahrida 30-31 mart kunlari “Chunki bu biz” deb nomlangan konsert va unga ishlangan film uyg`unlikda Turkiyada takdim etiladi.

Gastrolning muhim yangiligi “Chunki bu biz” kliplar turkumining oldingi kismlaridarol ijro qilgan bosh qahramon Nargiz filmning 4-qismida ... Читать дальше »

Категория: Shou biznes yangiliklari | Просмотров: 16 | Добавил: BOY_AKA | Дата: 14.03.2019 | Комментарии (0)

Ayni kunlarda AQShning Las-Vegas shahrida og`ir atletika bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempionati bahslari bo`lib o`tmoqda. Biz uchun ahamiyatlisi, okean ortida o`tayotgan musobaqa hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli davom etayapti.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, kecha qizlar o`rtasida vazni 64 kilogrammgacha bo`lgan atletlar g`oliblik uchun bahs olib bordi. Quvonarlisi, ushbu vazn toifasida terma jamoamiz a`zosi, o`smirlar o`rtasidagi III yozgi Olimpiya o`yinlari g`olibasi hamda yoshlar o`rtasida jahon chempioni Kumushxon Fayzullaeva yana bir bora dunyoda tengsiz ekanligini isbotladi. Shu bilan birga sportchimiz jahon rekordini ham yangilashga muvaffaq bo`ldi.

... Читать дальше »

Категория: Sport xabarlari | Просмотров: 12 | Добавил: BOY_AKA | Дата: 14.03.2019 | Комментарии (0)

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga qaraganda 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan 02:33 (13.03.2019 da 21:32 Grinvich bo`yicha) Qozog`istonda zilzila sodir bo`ldi. Xabarda qayd etilishicha, zilzila magnitudasi 4,3 ni tashkil etgan. Uning o`chog`i 10 km chuqurlikda qayd etildi.

Toshkentgacha masofa shimoliy-g`arbiy yo`nalish bo`yicha 28 kmni tashkil etdi.

Er silkinishi magnitudasi Toshkentda 4 ball, Gulistonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, deb qayd etilgan xabarda.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 11 | Добавил: BOY_AKA | Дата: 14.03.2019 | Комментарии (0)