Tailandning 102 yoshli fuqarosi Haj amalini ado qilish uchun Saudiya Arabistoniga bordi, deb xabar beradi Thai News. No Lanai ismli ayol o‘z o‘g‘li bilan farz amalini bajarish uchun Makka shahriga yetib borgan. Ayni paytda u yoshi eng ulug‘ hoji ona hisoblanadi.
1 avgust kuni Koreya Respublikasida O`zbekiston fuqarosi qurbon bo`ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmat xabar berdi. O`zbekistonning Janubiy Koreyadagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra, Kyongbuk provinsiyasida yuzaga kelgan o`zaro janjal oqibatida O`zbekiston fuqarosi jarohat olib, vafot etdi.
Shirmoy nonlarning yuziga zeb berib turadigan qora sedana, faqat ziravor emas, balki ko`plab dardlardan xalos etadigan dori hamdir. Sedana urug`i ta`mi biroz achchiqroq bo`lsa-da, pishiriqlaru taomlarga o`zgacha lazzat bag`ishlaydi. Uning achchiqligi bejiz emas. Sedana tarkibidagi ba`zi foydali moddalar unga shunday iforu tot bergan.
Buyuk britaniyalik go`zallik bo`yicha ekspertlar selfidan noto`g`ri foydalanish og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda, deya xabar berdi Actualnews.org nashri.
Bugun qo`lda maktub bitish uzoq o`tmishga aylanib qolgandek. Nafaqat oddiy odamlar, balki yozuvchilaru jurnalistlarning ham ko`pchiligi bugun qog`oz, qalamdan yiroqlashdi. Uyali telefonlarning kichik katakchalari yoxud kompyuter klaviaturasida harf terishga barmoqlarimiz moslashib ketdi. Vaholanki, qo`lda yozishning bir qator afzalliklari, hatto sog`liqqa foydali jihatlari borligini olimlar isbotlashgan.
Avvallari yuz va qo`l terisidagi chandiq izlari bir umrlik nuqson hisoblagan. Hozirda esa rivojlangan tibbiyot bunday kamchiliklarni barataraf etish imkonini bermoqda. Chandiqlardan xalos bo`lish yo`llari, muolaja va davolash jarayoni haqida tibbiyot fanlari nomzodi, dermatolog, kosmetolog Iroda NURMATOVA batafsil ma`lumot beradi.
Inson joni og`rib turgan mahal har erdan najot izlaydi. Oramizda momolar o`giti, deya, shifo topishga urunadiganlar ham bor. Biroq kutilgan natija o`rniga kishi ahvoli yomonlashib qolishi ham hech gap emas. Xo`sh, kasallikni irimlarga bog`lash to`g`rimi? Bu haqida Sergeli tumanidagi ko`p tarmoqli poliklinika terepevti Zamira HOLBOEVA ma`lumot beradi.
O`zbek taomlarini go`shtsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Ayni vaqtda go`sht borasida ehtiyotkor bo`lish kerakligini ko`pchilik biladi. Shu sabab uni yaxshilab pishirishga harakat qilinadi. Hatto oshxona-yu restoranlarda ham «Go`shti yaxshi pishganmikan», deb so`rash biz uchun odatiy holga aylangan.
Inson tanlovi u haqida ko`p narsalar aytishi mumkin (ayniqsa qaror darhol qilinishi kerak bo`lgan qiyin vaziyatlarda). Biz sizga shaxs haqida barcha haqiqatni aytib beradigan qisqa testdan o`tishga taklif etamiz. Qilish kerak bo`lgan narsa - boshqalardan ko`ra kim ko`proq yordamga muhtoj ekanligini tanlashdir. |