20:45 Abbos Guruhi biografiyasi | |
Abbos Qosimov 1970 yil 22-noyabr sanasida Toshkent shahrida sa'natkorlar oilasida tug'ilgan.Uning otasi Raxmatilla Qosimov va akasi Umar Qosimovlar doirachi bo'lishgan. Abbos Qosimov ham bolaligidan doira chalishga qiziqqan hamda 10 yoshidan boshlab Toshkentdagi musiqa maktabida o'qigan. Abbos Qosimov O'zbekistondagi mashxur doirachilar sulolasi hisoblangan Ismoilovlarning shogirdi bo'lib, ushbu sulola vakillari qo'l ostida ham doira chalish sirlarini o'rgangan. Keyinroq ya'ni 1998-yilda u o'sha biz bilgan "Abbos" nomli guruhni tashkil etgan.Ushbu guruh bir necha yil ichida O'zbekistondagi mashxur guruhlardan biriga aylangan va shu orqali Abbos Qosimov ham iste'dodli doirachi sifatida tanilgan. Abbos Qosimov faoliyati davomida bir necha xalqaro tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan.Shu bilan birga u o'zning ko'p yillik faoliyati orqali "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoni bilan ham taqdirlangan. Abbos Qosimov O'zbek doirasi va doirachilik san'atini dunyoga tanishda ham juda katta xizmat qilgan bo'lib, bugungacha dunyoning o'ndan oshiq davlatlaridagi oliygohlarda talabalarga doira chalish va doirachilik san'atidan darslar bergan. Uning shaxsiy hayoti haqida: Abbos Qosimov 1992 yilda uylangan bo'lib, hozirda bir o'g'il va bir qiz farzandi bor. Ushbu san'atkor 2005 yilda musiqiy albom yozish maqsadida AQShga borgan va keyinchalik o'sha yerda yashab qolgan. Hozirgi kunda ham Abbos Qosimov doirachi sifatida faoliyat yuritadi hamda dunyo mamlakatlarida o'tkaziladigan turli musiqiy festivallarda doimiy ishtirok etib keladi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |