Kaliforniyaning Mi Terro startapi sut mahsulotlari qoldiqlari uchun tatbiq topdi: sut mato ishlab chiqarish uchun xom ashyoga aylandi. Bu haqda New Atlas nashriga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Har kuni sut zavodlari u yoki bu sabablarga ko‘ra iste’mol uchun yaroqsiz holga kelgan sutni utilizatsiya qiladi. Mi Terro esa bu sutning bir qismini futbolkalar yaratish uchun qo‘llashga qaror qildi va Limitless Milk Shirt futbolkalari partiyasini ishlab chiqardi. Har bir futbolkani tayyorlash uchun 5 stakan sut talab qilingan.
Startap xodimlarining ta’kidlashicha, futbolkalar paxta matosidan tayyorlangan futbolkalardan yumshoqroq, bakteriyalarga qarshi xususiyatlarga ega, namni shimib oladi, ultrabinafsha nurlanishni to‘sadi va barcha yo‘nalishlarda cho‘ziladi. Bundan tashqari, matodagi mikrocho‘ntaklar evaziga futbolka noxush hidlarni ushlab qoladi va havo oqimini optimallashtirishga imkon beradi.
Hozirda futbolkalar uchun Kickstarter platformasida mablag‘ yig‘ilmoqda. Antiqa futbolkani 59 dollardan sotish rejalashtirilgan.
|