13:03
Britaniyada buyrak kasalliklarini aniqlash uchun mobil dastur yaratildi

London qirollik gospitali (Royal Free Hospital) xodimlari DeepMind kompaniyasi bilan hamkorlikda buyrak kasalliklarini o‘rtacha 14 daqiqada aniqlovchi mobil dastur ishlab chiqishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi. 

Dastur buyrak kasalliklarini aniqlash uchun qon tahlili natijalarini o‘rganadi. Uning algoritmlaridan biri qonda aminokislota-oqsil almashinuvining biokimyoviy reaksiyalari natijasida mushaklarda hosil bo‘luvchi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi kreatinin moddasi miqdorini aniqlaydi.

 

Tadqiqot natijalari avtomatik rejimda shifokorlar va hamshiralarga diagramma va grafiklardan iborat hisobot tarzida jo‘natiladi.

Shifoxona xodimlari bu texnologiya shifokorlarga ko‘plab bemorlarning hayotini saqlab qolishga imkon berishiga umid qilishmoqda, chunki aynan o‘tkir buyrak yetishmovchiligining kech davolanishi ko‘pincha boshqa hayotiy muhim a’zolarning shikastlanishiga, bu esa o‘z navbatida o‘lim holatiga olib kelishi mumkin. 

London universitet kolleji mutaxassislari dastur tomonidan bemorlarning buyraklari holati haqidagi 12 ming hisobotni o‘rganib, shifokorlar dastur yordamida buyrakdagi patologik o‘zgarishlarni hozirda mavjud tahlil usullaridan ancha tezroq aniqlay olishlari haqidagi xulosaga kelishgan.

Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 446 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar