Tamakining vatani janubiy amerika, uni ispanlar 16-a.da evropaga keltirgan. Dastavval tamakini xidlash yoki chaynash odat bo’lgan. Bora bora u chekiladigan bo’ldi, chunki tamaki chekilganda undagi asosiy modda – nikotin kuchliroq ta’sir etadi. Nikotin markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi(q. Periferik nerv sistemasi, Markaziy nerv sistemasi), arterial qon bosimini oshiradi, mayda qon tomirchalarini toraytiradi; nafasni tezlashtiradi, ovqat hazm qilish sistemasining shirasini kuchaytiradi. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaxarlaydi. quyida chekishni tahslash uchun kerakli bo'lgan 10 maslahatni berib o'tamiz.
- Ma’lum bir vaqtga chekishni tashlash bo’yicha qaror qabul qiling va uni bajaring.
- Chekishni tashlashingiz oqibatida bosh aylanishi, titroq, bosh og’rig’I va tomoq qurishi kutilishi mumkin, e’tibor bermang, bir ikki hafta ichida o’tib ketadi.
- O’zingizni birinchi kunlarini o’tkazishda yordam bermoqchi bo’lsangiz, doimo ma’lum bir ish bilan band bo’ling. Kuldon, sigaret va gugurtni yig’ishtirib qo’ying.
- Ko’p suv iching. Ish vaqtida qo’lingizga stakan suvini ushlab oling va doimo tomog’ingizni xo’llab turing
- Aktiv bo’ling. Sayr qiling, yuguring yoki sportning boshqa turlari bilan shug’illaning. U sizni erkin his etishga yordam beradi.
- Chekishni tashlash evaziga iqtisod qilingan pulni, boshqa zaruriy maqsadga sarflang.
- Doimiy ish kuni tartibingiz va odatlaringizni o’zgartiring. Iloji boricha oldin sigaret sotib olgan do’konga yaqinlashmang.
- Bir dona chekib qo’yay degan odatni tashlang.
- Semirib ketishdan saqlaning. Odatda, oldingi chekuvchilar chekishni tashlagandan so’ng, semirib ketadilar.
- Esda tuting, har bir sigaretsiz o’tgan kun –sizning sog’ligingiz, daromadingiz va hamkasblaringiz shuningdek turmush o’rtog’ingiz uchun ham yaxshi yangilik!
|