15:12
Feruza Sobitova biografiyasi

Bugun sizlar bilan serqirra ijodkor aktrisa Feruza Sobitova haqida gaplashamiz aktrisaning hayoti va ijodini sizlarga quyida yoritib boramiz

Feruza Sobitova 1980 yil 7 avgust sanasida Buhoro shahrida tavallud topgan. 
Ushbu aktrisa oilada besh farzandning eng kattasi bo'lib, bir singlisi va uch nafar ukasi bor.Taqdir taqazosi bilan aktrisaning yolg'iz singlisi bundan bir necha yil oldin vafot etgan.

Feruza Sobitova yoshligida Buxorodagi musiqa maktabida o'qigan.Keyinchalik esa Toshkent davlat san'at oliygohida tahsil olgan.

Oliygohni o'qishni tamomlagach esa u Modellik biznesi bilan shug'ullanuvchi agentlikda rahbar lavozimida ishlagan.
Feruza Sobitova kinoga 1996 yilda "Amir Temur" filmidagi epizodik roli bilan kirib kelgan bo'lsada,  tomoshabinlar asosan xonanda Shoxrux reperning "Bolaligim" nomli klipidagi obrazi bilan tanilgan.

Feruza Sobitova bugungacha "Telba","So'g'diyona","Uqubat","Tog'a" va "Opa singillar" kabi ko'plab film va seriallarda suratga tushgan.

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida qisqacha: Feruza Sobitova 2003 yilda turmushga chiqqan.Uning turmush o'rtog'i tadbirkorlik bilan shug'ullanadi.Hozirgi kunda ularning bir o'g'il farzandlari bor. 

Bugungi kunda aktrisa O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi "TURON" teatr-studiyasi faoliyatida yuritadi.Bu teartada ishlash bilan bir qatorda u Sank Petrburg Davlat Madaniyat oliygohning Teatr rejissorligi bo'limida ham tahsil olmoqda.

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 1127 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar