12:31
Frenk Lempard murabbiy bo‘lgan “Derbi Kaunti” klubi sotuvga qo‘yildi.

“Derbi Kaunti” rahbari Mel Morris o‘z klubini 1 funt miqdoridagi shartli narxga sotishga urinmoqda. Bu haqda The Times xabar berdi.

Ayni damda Morris qarzdorligi bor klubni qabul qiladigan investor topishni xohlamoqda.

The Times’ning xabar berishicha, AQSh va Yaqin Sharqdagi investorlar klubga qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha Morris sotib olish bo‘yicha rasmiy takliflarni olmagan. Bunga asosiy sabab, Frenk Lempard jamoasi so‘nggi vaqtlarda qoniqarsiz natijalar qayd etmoqda va klub Chempionshipda pley-off bosqichiga chiqish yo‘lida 1 ochko kam jamg‘argan holda 8-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “Derbi Kaunti” Angliya premyer ligasiga so‘nggi bor 2008-yilda chiqqan edi. Shundan beri klubda har yili moliyaviy inqirozlik yuzaga kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Morris klubga 2015-yildan buyon egalik qilib kelmoqda.

Категория: Futbol yangiliklari | Просмотров: 72 | Добавил: BOY_AKA | Теги: qiziqarli yangiliklar, futbol toplari, sportdagi xabarlar, zamonaviy.net, futbol olami, sport xabarlari, futbol o'yinlari, futbol saytlari, sport olami, Derbi Kaunti, futbol yangiliklari, futbol stadionlar, futbol svejiylari, futbol o'yinchilari, futbol o'yinchi, futbol anons, sotiladigan komandalar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar