«Minglab abituriyentlarni qiziqtirayotgan ushbu masalaga qisqa izoh berib o‘tmoqchiman», deb xabar berdi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Qurbon Hayiti munosabati bilan 11 avgust, yakshanba kuniga belgilangan test sinovlari boshqa kunga, aniqrog‘i hududlarda test sinovlari tugagan kunning ertasi kuniga ko‘chiriladi.
Hozirda mazkur masala Hukumat doirasida ko‘rib chiqilmoqda va tez orada rasmiy qaror e’lon qilinishi kutilmoqda.
Boshqa kunga ko‘chirish jarayonlari faqat 11 avgust kuni testga kiradigan abituriyentlarga taalluqli bo‘ladi. Boshqa kundagilar o‘zlari uchun belgilangan kunda test sinovlariga kirishi rejalashtirilmoqda. Rasmiy yangilik bo‘lishi bilan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
|