09:04 Infarkt va Insult xavfini 2 barobar kamaytirishning oddiy usullari | |
«Heart» jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, haftasiga 1-2 marta kunduzi ozgina mizg‘ib olish insult va infarkt xavfini qariyb 50 foizga kamaytiradi. «RAMBLER»ning yozishicha, Lozanna universiteti (Shveysariya) olimlari sakkiz yil davomida 35 — 75 yoshlardagi 3262 nafar bemorni kuzatishgan. Amaliyot boshlanishidan oldin ularning hech birida yuragi bilan bog‘liq muammo bo‘lmagan. Biroq tajriba davomida 155 kishiga yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi qo‘yildi. Ularni kuzatish natijasida quyidagilar aniqlandi: haftasiga 1-2 marta kunduzi muntazam ozgina uxlab olgan bemorlarda infarkt va insult soni kunning yorug‘ paytida uxlashga odatlanmaganlarga qaraganda 48 foiz kam qayd etilgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqish xavfining past darajasi hatto chekish va ortiqcha vazn kabi salbiy omillarda ham saqlanib qolgan. Biroq olimlar 65 yoshdan oshgan kishilarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamayish tamoyilini qayd etishmagan. Tadqiqot chog‘ida aniqlangan qiziqarli fakt: kunduzi tez-tez va ko‘p uxlash salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmagan, aksincha, sog‘lik bilan bog‘liq muammolardan darak bergan. Olimlar fikriga ko‘ra, bu toifa kishilarda kunduzgi uyquchanlikni lohaslik, kasalliklar chaqiradi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |