Duglas ismli AQSh fuqarosi klinik o‘limni boshdan kechirdi, ammo o‘ziga kelgach, yuragi to‘xtaganida o‘zi bilan ro‘y bergan g‘alati voqealarni so‘zlab berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak 17 yoshga to‘lganida o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lgan. Duglas - AQShning Texas shtatida yashaydi, o‘smirlik vaqtlarida uyqusizlikka qarshi kuchli ta’sir etuvchi preparatlarni iste’mol qilgan. Shu bilan birga, u bu dorilarni ko‘pincha aroqqa aralashtirib ichgan. Dahshatli ta’sir o‘zini kuttirib qo‘ymadi. Kunlarning birida yigit yuragi bu zo‘riqishga dosh bera olmaydi va kutilmaganda to‘xtaydi, deb yozadi Sputnik.
Tibbiyot xodimlari uni hushiga keltirishgan, ammo yigit o‘ziga kelgach, o‘lgan vaqtida Iso payg‘ambar obrazini va uni uzun yo‘lak bo‘ylab olib ketgan yorug‘likni ko‘rganini so‘zlab bergan.
Duglas shuningdek, nur taralayotgan tonnelda unga uchragan Iso payg‘ambar unga o‘z hayot tarzini o‘zgartirishni maslahat berganini aytib o‘tgan.
Yigit yurak huruji vaqtida tanasi polda yotganini chetdan turib kuzatgan va o‘sha vaqtda o‘zini juda osuda va yengil his etgan.
Duglasning tan olishicha, boshidan kechirgan voqea tufayli, u keyinchalik oldingi hayot tarzini qaytadan mushohada qilib chiqqan va dindor insonga aylangan.
|