19:21 Koronavirus tarqalishi sur’ati havo haroratiga bog‘liqligi aniqlandi | |
Xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus harorat Selsiy bo‘yicha 8,72 daraja bo‘lganda eng tez sur’atlar bilan tarqalishini aniqlashdi. Olimlar o‘tkazgan tadqiqot Xitoyning 400 shahri va hududidan olingan ma’lumotlarga asoslangan. Olimlar virusning 20 yanvardan 4 fevralgacha tarqalishi ko‘lamini tahlil qilishgan. Ular kasallanganlar sonini havo harorati bilan solishtirishgan. Natijada olimlar issiq mamlakatlarda koronavirus sekinroq tarqalishi haqidagi xulosaga kelishgan. Shu bilan birga, koronavirusga chalinish statistikasi virus sovuq va quruq iqlimdan tortib tropik iqlimgacha turli sharoitlarda tarqalishi mumkinligini ko‘rsatgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bahor va yoz kelishi bilan havo haroratining ko‘tarilishi koronavirusga chalinish sur’atlari pasayishini kafolatlamaydi. Shu sababli davlatlar epidemiyaga qarshi o‘z xavfsizlik choralarini ishlab chiqishlari kerak. Bu orada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Mayk Rayan epidemiya o‘z-o‘zicha o‘tib ketishini kutmaslik kerakligini aytgan. “Virus gripp kabi o‘tib ketadi deb o‘ylash – yolg‘on umid. Biz buni kuta olmaymiz. Buning isboti yo‘q”, deb aytgan Rayan | |
|
Всего комментариев: 0 | |