10:09
Lavashdan qilingan toblatma (Ayollar oshxonasi)

Masalliqlar:

4 ta tuxum
150 millilitr sut
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab ko'katlar
300 gramm pishloq
100 gramm lavash
qolipga surtish uhcun sariyog'


Yo’nalishlar

Tayyor lavash xamiri bo’sh vaqti kam bekajonlar uchun tengsiz yordamchi sanaladi. Mana bunday lavashli toblatma esa ajoyib nonushta yoki kechki taom bo’la oladi.

Tezpishar va juda mazali taom yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*nnarxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Qadam 1 
Tog'orachaga tuxum, tuz, mayda to'g'ralgan ko'katlar va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 2 
Lavashni mayda qilib to'g'raymiz va tuxumli aralashmaga solamiz. Aralashtiramiz.

Qadam 3 
Qolipga sariyog' surtamiz va lavashli aralashmani quyamiz. Ustini qoshiqda tekislab, 170 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Просмотров: 537 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar