19:16 Nihoyat, koronavirusning «nozik joyi» aniqlandi | |
Sun Yatsen universiteti tadqiqotchilari mavsum va harorat o‘zgarishi koronavirus tarqalishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, infeksiya Selsiy bo‘yicha +8,72 darajada o‘zini juda yaxshi «his qiladi». Olimlarning ta’kidlashicha, yangi COVID-19 koronavirusi yuqori haroratga o‘ta ta’sirchan, deb yozadi «South China Morning Post». Iliq va nam ob-havo koronavirusni zaiflashtirishiga qaramay, olimlar epidemiya yozda o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishiga umid qilmaslikka chaqirmoqda. | |
|
Всего комментариев: 0 | |