12:04
Qaysi ichimliklar tishlarni yemiradi?

Shakar o‘rnini bosuvchi — ksilit, eritrit, steviya kabi sun’iy birikmalar tish yemirilishiga sabab bo‘lar ekan.

“International Journal of Environment and Health” jurnalining yozishicha, Polshaning Varshava tibbiyot universiteti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot xulosasi shunday.

Avvalroq Avstraliyaning Melburn universiteti tadqiqotchilari tarkibida kislotali qo‘shimchalar (limon va fosfor kislotasi) bo‘lgan ichimliklar tish emalini 30 — 50 foiz yumshatishini aniqlagan edilar.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, ularning shakarsiz turi ham shakarlilari singari tishlarga birdek zarar yetkazadi.

Shu o‘rinda bunday ichimliklarni ichish kerak emasmi, degan savol tug‘iladi. Shifokorlar ularni iste’mol qilgandan so‘ng darhol tish tozalamaslikni maslahat berishmoqda. Nega deganda, yumshagan tish emali qavatiga tish cho‘tkasi zarar yetkazishi mumkin.

Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 473 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar