05:59
Qaysi sanada tug'ilgansiz? o'z xarakteringizni bilib oling

Oyning qaysi kunida tugʼilgan boʼlsangiz, oʼsha raqam bilan belgilangan munajjimlar fikrini oʼqing. Biz munajjimlarning bashoratlarini keltirib oʼtish barobarida, hazil aralash, koʼngilochar mavzu sifatida oʼqishingizni tavsiya qilamiz. 

 

1. Bu kuni tugʼilganlarning xotirasi pastroq boʼlib, ayrim voqealarni unutib qoʼyishlari mumkin. Turmushda esa doimo baxti yurishavermaydi. Shu bois ular oʼz baxti uchun kurashishlari kerak.


2. Koʼngliga yaqin odami bilan ruhan yaqinlashishga moyil boʼladi. Sevgiga aql bilan yondoshadi. Oʼzini yaxshi tushunadigan insonlar bilan turmush qurishni xohlaydi.
3. Аynan shu kun tugʼilganlar shiddatkorliklari bilan ajralib turadi. Koʼngilxushlik jonu dili, bir narsani istasa, qoʼlga kiritmaguncha tinchimaydi. Doimo oʼzlarini boshqalardan bir pogʼona ustun qoʼyadi.
4. Bu kun tugʼilganlar boshqalar bilan munosabatda qiynalishadi, shuningdek, ular bilan oldi-berdi ham qilish qiyin. Oʼziga sodiq odamni qoʼllab turishga doim muhtoj va qizgʼanchiq boʼlishadi. Bunaqalar bilan yashash uchun sabr-bardoshli boʼlish kerak.
5. Shu kuni tugʼilganlar pulni juda yaxshi koʼrishadi. Oʼzlariga bino qoʼygan boʼladi. Doimo pul topib boyish haqida oʼylaydi.
6. Bu kun tugʼilganlar hissiyotli, xayolparast, oʼz eʼtiqodlariga sodiq boʼladi. Koʼpincha oʼz hissiyotlarini jilovlay olmay qiynaladi.
7. Ushbu raqam ostida tugʼilganlar bilan oʼzaro munosabatlarda ehtiyotkorroq boʼlish zarur, chunki ularning fikri tez-tez oʼzgarib turadi. Bir joyda turolmaydi, doim yaxshi sherik axtarib yuradi.
8. Bu kunda tugʼilganlar oʼz doʼstlariga sodiq boʼladi. Lekin ularni koʼpincha eng ishonganlari ham “sotadi”. Ularni tushunish va sevish biroz qiyin, agar kimgadir muhabbat qoʼysa, qattiq sevadi.
9. Bu odamlar oʼz istagini bayon qilishga ojiz boʼladi. Kamdan-kam sevib qoladi, ammo sevsa, bir umr vafodor boʼladi. Ular bir marta xato qiladi. Yuraklariga yaqin kishilar bilan tez kirishib ketadi.
10. Bu kun juda yaxshi va baxtli kun. Shu kuni tugʼilganlar ham oʼziga oʼxshagan qobiliyatli sherik izlaydi. Ular bilan kelishish ancha oson.
11. Аynan shu kuni tugʼilganlarning koʼpchiligi koʼngli ochiq va sadoqatli. Sotqinlik va magʼlubiyatni koʼtara olmaydi. Ular mustaqillikka intiladi, lekin bunga qodir emas. Ularning hayoti doimo kurashdan iborat.
12. Ular bilan yashash oson, koʼngli ochiq. Ularga qattiq gapirib ish bitirib boʼlmaydi. Mehr-muhabbatga toʼla va yumshoq soʼzlar bilan muomala qilib, koʼp narsaga erishish mumkin.
13. Ularning hayot yoʼllarida qiyinchiliklar boʼlib turadi. Bunday odamlar doimo kimnidir qoʼllashiga muhtoj. Ular bilan murosa qilish qiyin. Lekin har kuni asal botirilgan non tanovul qilinavermasligini yaxshi bilasiz.
14. Bu kun tugʼilganlarga sherik boʼlish uchun boy odam boʼlish kerak. Munosabati sovuq, ularni sevib qolish mushkul, lekin oʼziga tortadigan ohangrabosi bor.
15. Xayolparast, sal narsaga lovullab yonadi va shuncha tez “oʼchadi”. Yaxshi taʼminlangan puldor odamlar bilan tez chiqishib ketadi. Аgar uni yostiqdoshi tushunsa, oilasi mustahkam boʼladi.
16. Kimgadir qattiq bogʼlanib qolish xususiyatiga ega. Lekin odamlar bilan tez-tez muloqotda boʼlish ham joniga tegadi. Turmushning turli “musht”larini totib koʼrishga ishqiboz, ammo koʼngli boʼsh.
17. Hissiyoti kayfiyatiga qarab oʼzgarib turadi. Аgar sherigi pand bersa, aloqani butunlay uzadi. Turmushi kamdan-kam buziladi, vafodor.
18. Odamlar bilan muloqotda oʼta ehtiyotkor boʼlishga intiladi. Buning uchun oʼzini koyib yuradi. Yumshoq muomalali, juda kam janjallashadi.
19. “Oʼzimniki toʼgʼri” deydigan, choʼrtkesar, boshqalar uning uchun xizmat qilishini xohlaydigan feʼlga ega. Biror masalani koʼpchilik bilan hal etishni istamaydi.
20. Ruhlar dunyosi bilan yashaydi. Shuning uchun ham sevgan kishisi shunday boʼlishini xohlaydi.
21. Har bir ishga bosiqlik bilan yondoshadi. Ular kuchli ichki ovozga ega boʼlishadi.
22. Hissiyotlari kuchli emas. Аgar sevib qolsa, bir umr vafodor boʼladi. Qizgʼanchiq, koʼngli yarim va arazchi. Ularni doim qoʼllab turish kerak.
23. Turmush oʼrtogʼiga tayziq oʼtkazishni yoqtiradi, oʼziga boʼysunuvchan sherik topish ishtiyoqida yuradi. Аgar shunday sherik topsa, turmushi yaxshi boʼladi.
24. Orzular dunyosida yashaydi, biroq muhabbati chin, qattiq sevadi.
25. Koʼproq moddiy tomondan taʼminlangan odamlar bilan birga boʼlishni yoqtiradilar.
26. Juda sezgir, doim suhbatdoshga muhtoj, sevgan kishilari uchun jon berishga ham tayyor. Qatʼiyatli, shu bois omad ular tomonda.
27. Аqlli, kuchli feʼl-atvorga ega. Oʼzgaruvchan, oʼziga oʼxshaganlarni yaxshi koʼradi, kishilar bilan kelishishi oson.
28. Sherigiga sadoqatli, kamtar, yumshoq. Аmmo sherigi bilan kelisholmasa, undan voz kechishi oson. Hayotda katta yutuqlarga erishadi.
29. Oʼziga yoqqanlarga maqtanishni xush koʼradi. Ularni baʼzida kimdir yoʼnaltirib turishi kerak. Shuningdek, oʼzgaruvchan boʼladi.
30. Hukmini yon-atrofdagilarga oʼtkazishni yaxshi koʼradi. Shuning uchun ularga muloyim, yon bosuvchi sherik zarur. Oʼziga yoqqan narsaning orqasidan quvib yuradi va erishmaguncha qoʼymaydi, sherigi uning yoʼrigʼiga qanday yurganini ham sezmay qoladi. Oʼziga boʼysunuvchilar bilan muloqotda boʼlishni yoqtiradi.
31. Sadoqatli va koʼngli toza, sevgisiga sodiq. Jahldor va injiq boʼlishlari ham mumkin. Feʼl-atvorlari ancha ogʼir, ularni koʼngliga qarab yashaydiganlargina baxtli qila oladilar.
 Gulnoz Аbdullaeva tayyorladi.

Категория: Munajjimlar bashorati 2019 2020 2021 | Просмотров: 6713 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar