08:00 "Qirolicha" priogini tayyorlash | |
Tvorogni xush ko‘ruvchilarga juda yoqadi! Zarur masalliqlar: 250 gr. un, 120 gr. sariyog‘, 100 gr. qand upasi, 1 dona tuxum sarig‘i, 2 osh qoshiqdan smetana va kakao, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich; ichiga solishga: 1 kg. tvorog, 400 ml. qaymoq, 200 gr. shakar, 5 dona tuxum, 60 gr. kokos qirindisi, 3 osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali. Tayyorlanishi: 1. Un, qand upasi, kakao, xamiryumshatgich va xona haroratida yumshatilgan sariyog‘ bo‘laklarini yaxshilab aralashtiring. 2. Smetana va tuxum sarig‘ini qo‘shib, xamir tayyorlang. Xamirdan zuvala yasab, sellofanga o‘rang-da, 20-30 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying. 3. Tvorog va qaymoq xona haroratida bo‘lishi kerak. Ikkalasini blender yordamida yaxshilab aralashtiring. 3. Tuxum, shakar va kraxmal qo‘shib, aralashtirishda davom eting. 4. Tvorogli aralashmaga kokos qirindisini ham soling. 5. Xamirni ikkiga bo‘ling. Birinchi bo‘lak xamirni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing-da, pirog qolipiga solib, ustidan tvorogli aralashmani quying. Qolgan xamirni ham qirg‘ichdan o‘tkazib, pirog yuziga seping. Shirinligimiz 160 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soatda pishadi. 2 soat 8 kishilik | |
|
Всего комментариев: 0 | |