“Qulay daqiqalar” - O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalarning yangi to‘plamlari
Tarif rejasi doirasidagi daqiqalar muloqot uchun kamlik qilyaptimi?
Endi "Qulay daqiqalar" to‘plami bilan ularni qo‘shimcha tarzda olish mumkin!
To‘plamlardan “Kayfiyat”, “Active”, “Baxtli 25”, “Baxtli 25+”, “Baxtli 25_BN”, “Student”, “Yengil hafta” tariflari, hamda “Istalgan raqam 2.0” va “Smart-xarid” aksiyalarining doirasidagi tarif rejalari abonentlari foydalanishlari mumkin.
To‘plamlarni *130# USSD-so‘rovi orqali ulatish mumkin.
Limitlarni tekshirish uchun USSD-so‘rov: *109#.
DAQIQALAR TO'PLAMI
SHARTLAR
- "Qulay daqiqalar" daqiqalar to‘plamlarini ulatish / o‘chirish / maqomini tekshirish – *130#;
- Daqiqalar qoldig‘ini tekshirish – *109#;
- To‘plam manfiy hisob holatida belgilanmaydi;
- Birinchi navbatda tarif rejalari limitlariga kiritilgan daqiqalar, keyin esa "Qulay daqiqalar" to‘plamlari bo‘yicha daqiqalar sarflanadi;
- To‘plamning belgilanishi avtomatik tarzda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- To‘plamning amal qilish muddati tugashi bilan, hisobda mablag‘ yetarli bo‘lsa, to‘plamning belgilanishi avtomatik tarzda amalga oshadi;
- "Qulay daqiqalar" daqiqalar to‘plami – avtomatik belgilash funksiyali to‘plam tanlangan bo‘lsa, har 30 kunda belgilanadi;
- Oldingi to‘plamning amal qilish muddati tugamasdan turib yangi "Qulay daqiqalar" daqiqalar to‘plami ulansa, yangi to‘plam shartlariga ko‘ra limitlar mavjudlariga qo‘shiladi, to‘plamning amal qilish muddati esa yangi ulangan to‘plamning amal qilish muddatiga teng bo‘ladi.
- Avtomatik belgilash funksiyasi tanlanmagan holatda, daqiqalar to‘plami 30 kunlik muddatga, keyinchalik belgilashsiz bir marta belgilanadi;
- Yangi ulangan bir martalik to‘plam oldingi (avtomatik belgilash funksiyasi yordamida) belgilangan to‘plam muddatini uzaytidmaydi, binobarin, to‘plamlar limiti jamlanmaydi;
- Belgilangan daqiqalardan abonent faqat Faol holatdagina foydalana oladi;
- Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
DIQQAT! Agar abonent chiquvchi qo‘ng‘iroqni to‘plamning so‘nggi amal qilish soatida amalga oshirib, suhbatni keyingi sutkada, ya’ni to‘plamning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng tugatsa, unda butun qo‘ng‘iroq abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
BILISH MUHIM:
18.02.2019-yildan kuchga kirgan “Qulay daqiqalar” to‘plamlarining shartlari avtomatik uzaytirish funksiyasi amalda bo‘gan foydalanuvchi abonentlar uchun keyingi to‘plam avtomatik belgilanishida amalga oshadi. Agar abonent joriy to‘plam amal qilish muddati tugashini kutmasdan to‘plamdan yangilangan shartlarda foydalanishni istasa, u joriy to‘plamni bekor qilib qaytadan yangisini faollashtirishi lozim;
Agar “Qulay daqiqalar” to‘plamlarining doirasida dam olish kunlari uchun daqiqalar amal qilish muddatidan oldin tugasa, ammo begim kunlari uchun daqiqalar hali tugamagan bo‘lsa, begim kunlari uchun daqiqalar amal qilish muddati tugagunicha butun hafta davomida amalda bo‘ladi;
Agar abonent faollashtirilgan “Qulay daqiqalar” to‘plami bilan tarif rejasini “Oddiy”, “Yangi ijobiy”, “Diyorim” tarifiga o‘zgartirsa, dam olish kunlari uchun taqdim etilgan daqiqalardan foydalanib bo‘lmaydi. Agar to‘plamning amal qilish muddati tugagunicha abonent quyidagi tarif rejalaridan biriga o‘tsa, oldin belgilangan daqiqalardan dam olish kunlarida foydalanish mumkin bo‘ladi: “Kayfiyat”, “Active”, “Baxtli 25”, “Baxtli 25+”, “Baxtli 25_BN”, “Student”, “Yengil hafta” tariflari, hamda “Istalgan raqam 2.0” va “Smart-xarid” aksiyalarining doirasidagi tariflar.
E'TIBOR BERING
- "Qulay daqiqalar" daqiqalar to‘plamlari O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridagi haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.
- «Qulay daqiqalar» daqiqalar to‘plamlarini “Kayfiyat”, “Active”, “Baxtli 25”, “Baxtli 25+”, “Baxtli 25_BN”, “Yengil hafta” tariflari, hamda “Istalgan raqam 2.0” va “Smart-xarid” aksiyalarining doirasidagi tarif rejalari abonentlari ulatishlari mumkin
- "VIP", "Tarmoq ichida 0" xizmatlari ulangan bo‘lsa, mazkur to‘plamlarni faollashtirish imkoni yo‘q.
Foydalanishni boshlashdan avval albatta limitlarning belgilanganligini *109# orqali tekshiring.
|