09:24
Soch to'kilishini qanday yoqotsa bo'ladi?

Siyrak sochlarni qalinlashtirish mumkinmi? Soch nega to`kiladi? Bu kabi savollarga dermatolog–trixolog, transplantolog Shorahmat Sharahmedov javob berib, soch to`kilishi sabablari, alomatlari hamda zamonaviy davo choralari bilan tanishtirdi.

Ma`lumki, soch bosh terisini tashqi ta`sirlardan himoyalash vazifasini bajaradi. Yog` va ter bezlaridan tashkil topgan soch tizimi terini yumshatib turadi.

Asosiy sabablar

— Nega soch to`kiladi?

— Eng birinchi sabab – bu evolyusiya, ya`ni hayot tarzining jadal o`zgarishi, rivojlanishi. Bundan tashqari, ekologiya, tashqi ta`sirlar ham soch tuzilishiga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin.

— Qachon soch to`kilishi me`yor sanaladi?

— Soch to`kilishining fiziologik va patologik shakllari bor. Fiziologik, ya`ni tabiiy soch to`kilishi, asosan, kuz va bahorda, homiladorlik hamda emizikli davrda ro`y beradi. Homiladorlikda ayol organizmi estrogen gormonini odatdagidan ko`proq ishlab chiqarishi hisobiga sochlar qalinlashib, to`kilishi sezilarli kamayadi. Tug`uruqdan so`ng gormonlar joy – joyiga qaytgach, soch ko`p to`kilayotganga o`xshaydi. Vaholanki, bu me`yoriy holat.

— Qanday tekshiruvlar o`tkaziladi?

— Dastlab, trixoskopiya tekshiruvi yordamida sochning ingichka – qalinligiga baho beriladi. Patologik jarayon boshlangan bo`lsa, boshning old qismidagi soch tolalalari ensadagilariga nisbatan ingichkalashgani aniqlanadi. Me`yor bo`yicha peshonadan boshlab, boshning o`rtasigacha bo`lgan soch tolalari qalin va ko`p bo`lishi kerak. Maxsus qurilma kompyuter ekraniga sog`lom va shikastlangan soch tolalari haqida to`liq ma`lumot uzatadi. Tasvirni solishtirish orqali soch tolasi tuzilishi, soch to`kilishi darajasi va bosh terisi holatiga baho berish mumkin.

— Muolaja usullari ishonchlimi?

— Ayollarda soch to`kilishining uch darajasi bor. Birinchi va ikkinchi darajali soch to`kilishida davo choralari yaxshi samara beradi. Uchinchi darajali soch to`kilishi besh yil davom etgan bo`lsa, uning ildizini qutqarish qiyin.

— Uy sharoitida parvarishlash-chi, yordam beradimi?

— Faqat tabiiy soch to`kilishidagina uy sharoitida tayyorlanadigan niqob va surtmalardan foydalanish mumkin. Patologik soch to`kilishi aniqlanganda bunday usullar ish bermaydi. Barcha ayollarga maslahatim – bir yilda bir marta trixolog mutaxassis ko`rigidan o`tib turing.

Endokrin xastaliklar, gormonal o`zgarishlar, bo`qoq kasalligida soch to`kilishi kuzatiladi. Hozir androgen alopesiya nafaqat erkaklar, balki ayollarda ham uchramoqda.

Keyingi omil – bu psixo–emosional zo`riqish. Surunkali charchoq, asabiylik, stress, depressiya, to`yib uxlamaslik, noto`g`ri ovqatlanish va me`yoridan ko`p aqliy mehnat bilan shug`ullanish ta`sirida soch to`kiladi.

Ko`p so`ralgan savol

Ko`p sayohat qiluvchi kishilarda ham soch to`kilishi kuzatiladi. Biz buni tabiiy jarayon deya baholaymiz. Nega deganda, kun bilan tunning almashinuvi soch siklida vaqtinchalik o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.

va ba'zi paytlarda yaxshi musiqa eshtish ham inson miya faoliyatiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi, eng yangi yoqimli musiqalar esa ziyo-music.com saytida mavjud

Ko`rik va tashxis

Me`yoriy soch to`kilishi – bu o`z vazifasini bajarib bo`lgan soch tolasining ildizidan ajralib, o`rniga yangisi o`sib chiqishidir. Ya`ni sikl almashinuvi hodisasi. Deylik, soch to`kilishi biror patologiya fonida kelib chiqdi. Bunda 100 ta to`kilgan soch tolasi o`rniga 90 tasi tiklanadi. Qolgan o`ntasi ma`lum vaqtdan so`ng o`sib chiqishi mumkin. Shu tariqa har safar o`ntadan soch tolasi ortda qolib boraveradi. Va bora-bora qayta tiklanish funksiyasi sustlashadi. Oxir-oqibat soch ildizi atrofiyaga uchrab, umuman soch o`sib chiqmaydi. Ochiq qolgan soch qatorini to`ldirish uchun esa soch ektirishga to`g`ri keladi.

Soch o`sishi uch fazada farqlanadi, bular: anagen, katagen va telogen fazalar. Hozir to`rtinchi faza ham qo`shilgan bo`lib, u kenogen deb ataladi. Bunda soch to`kilishi va o`sishi orasida uzoq uzilishlar kuzatilishi aniqlangan.

Soch to`kilishiga nasliy moyillik ham sabab bo`lishi mumkin. Bunda genlar orqali onadan 70 foiz, otadan 30 foiz axborot o`tadi. 1-2 foiz holatlardagina soch to`kilishi ota-onaga bog`liq emas va bunda kishining o`zi yangi nasl asoschisi hisoblanadi.

Soch to`kilishining sababini aniqlashda tor doiradagi mutaxassislar: endokrinolog, psixonevrolog, gastroenterolog, proktolog va psixolog ko`rigi belgilanadi.

Davosi bor!

Hozirgi kunda soch to`kilishini to`xtatish va tolasini mustahkamlash uchun bir qator davo choralari qo`llanmoqda. Bulardan trixologik piling, PRP (Platelet Rich Plasma) terapiya, lazer muolajasi, soch o`sishini rag`batlantiruvchi surtma, zardob va spreylar yaxshi natija bermoqda. Muolaja har bir bemorga individual belgilanadi. Soch to`kilishi kamaygach, muolajalar ma`lum muddatda takrorlab turiladi. Asosiysi, muolaja to`xtatib qo`yilmasligi kerak.

 

Samira ULUG`BEKOVA suhbatlashdi

Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 32 | Добавил: BOY_AKA | Теги: oldini olish, foydali maslahatlar, to'kilmaydigan qilish, eng qiziqarli ma'lumotlar, kamaytirish, soch to'kilishini to'xtatish, soch to'kilishi haqida, qiziqarli, sog'lom turmush, to'kib tashlash, soch to'kilishi sabablari, soch nega to'kiladi, soch ektirish uchun maslahatlar, soch o'stirish sirlari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar