12:08 Telegramda kanal yaratish uchun maslahatlar | |
1. Kanalni yaratish va nomlash Siz kontent (video, audio, foto, matn) yaratarkansiz, bu to‘ppa-to‘g‘ri o‘quvchingizning cho‘ntagiga, ya’ni mobil telefoniga borib tushishini unutmang. U xabaringizni ochadi va o‘qiydi. Kanal muallifining auditoriya bilan muloqoti shunday boshlanadi. «Telegram»da kanal ocharkan, muallifda bir savolga javob oldindan tayyor bo‘lishi lozim: «Kanalni nima uchun ochayapman?». 2. To‘g‘ri tanlangan mavzu — kanalning muvaffaqiyati kalitidir Istang odamlarga latifa ulashing, istang pazandalik sirlari bilan o‘rtoqlashing yoki avtosanoat yangiliklaridan xabardor qilib boring. Ammo bunaqa kanallarni sizsiz ham ko‘p ochishgan, ular bilan raqobatga kirishishni ham o‘ylang. Shunday mavzu topingki, tesha tegmagan bo‘lsin, mabodo bu yerni ham egallashgan bo‘lsa, ularning faoliyatini yaxshilab o‘rganing. Balki siz ishni ulardan ham yaxshiroq uddalarsiz. Demak, mavzuga aniqlik kiritildi, endi zo‘r nom topish kerak. Mavzuni ochuvchi bitta yoki ikkita so‘zdan iborat, esda qoladigan, ko‘pchilikning ko‘ngliga yaqin so‘zlarni toping. Masalan, «Haydovchilar» — avtomobillar va yo‘llar haqida, «Zumrad» esa qimmatbaho toshlar va taqinchoqlar haqida bo‘lishi mumkin.
3. Logotip tanlash U albatta yorqin va ko‘rinarli bo‘lishi kerak. Messenjerdagi ikonkalar hajmi kichik, buni e’tiborga olib logotipingizda kichik detallarni ishlatishdan qoching — ular baribir ko‘rinmay ketadi. Istasangiz, sifatli logotipni dizaynchilarga yasatib olishingiz ham mumkin. 4. Birinchi bosqichda nima qilish kerak?
5. Birinchi bosqichda nima qilmaslik kerak?
6. Kanalni reklama qilish Sizni tanib olishlari uchun boshida pul sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Messenjerdagi reklamalar narxlari keskin farq qiladi. Siz reklamani arzonidan boshlang, o‘quvchilar asosan qayerdan kelayotganiga qarab kanallar ro‘yxatini shakllantiring.
Kanal haqidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi har xil mavzuli guruhlarga tarqating. Kanalingiz nomi OAVda tilga olinishiga erishing. 7. Statistika kerakmi? Statistika — istalgan loyihaning asosi. «Excel»da jadval tuzib, quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd eting: o‘quvchilar soni, postlar va kanalni ko‘rishlar soni, reklama qiymati, o‘zaro piar, kelgan o‘quvchilar soni. Bular kanalning o‘sishini xolis kuzatish va boshqarish imkonini beradi. Ko‘pincha, masalan, reklama sotib olishingiz, ammo u ishlamasligi mumkin. O‘zingiz uchun qayerdan eng ko‘p o‘quvchilarni jalb etganingiz yoki buning aksiga qarab top-kanallarni shakllantirib olishingiz va reklamani qayerda berish-bermaslikni hal qilishingiz mumkin. 8. Eng asosiysi: men qancha pul ishlayman? Kanallarning mualliflari har xil pul topishadi.
Kanal — kichik OAV. Jamg‘armangizni pulga aylantirishning ikki yo‘li bor — yo reklama beruvchilar bilan o‘zingiz mustaqil kelishib olasiz, yo sizga reklama topib beruvchi agentliklar va birjalar bilan ishlaysiz. Mijozlar har xil bo‘ladi. Shunisi ham kuzatilganki, masalan, buyurtmachi sizga reklamaga pul beradi, ammo bu reklamaga tashriflar soni ozligi uchun keyinchalik u pulini qaytarib olish fikriga kelib qoladi. Bunaqa mijozlar bilan auditoriyaning reklamaga munosabatini oldindan baholab bo‘lmasligini kelishib olishingiz kerak. 9. Kanal rivojlanmasa nima qilish kerak?
10. «Telegram»dagi trendlar Messenjerdagi trendlar juda o‘zgaruvchan. Masalan, matnni o‘zgartiradigan, havolalarni yashiradigan, so‘zlarni belgilaydigan, matn ostiga ikonkalarni qo‘yadigan @mrkdwnrbt va @ControllerBot kabi foydali botlar bor. @vote yordamida ovoz berishni tashkil qilish mumkin. 11. Sizning postlaringizni ulashishlari uchun nima qilish kerak?
| |
|
Всего комментариев: 0 | |