10:05
Umid Iskandarov biografiyasi

Bugun sizlar bilan xozirgi kunda ko'plab kinofilmlarda suratga tushib kelayotgn aktyor serqirra ijodkor Umid Iskandarov haqida gaplashamiz aktyorning hayoti va ijodini sizlarga quyida yoritib boramiz.

Aktyor Umid Iskandarov 1980 yil 24 sentyabr sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan.
U Oilada uch o'g'ilning eng kattasi bo'lib, ko'pchiligimiz tanigan rejissyor Muxammadali Iskandarov uning ukasi hisoblanadi.

Umid Iskandarov maktabni tamomlagandan so'ng ishlash maqsadida Ukrainaga boradi va o'sha yerda bir necha yil oshpazlik sohasida ishlaydi.
Bo'lajak aktyor Ukrainada ishlab yurgan vaqtda  bir film uchun o'tkazilgan kastingda qatnashadi va kastingdan muvaffaqiyatli o'tadi lekin fimda ishtirok etmaydi.Keyinroq u ushbu film rejissyorining tavsiyasi bilan Toshkentga qaytgan va 25 yoshida Toshkent davlat san'at oliygohiga o'qishga kirgan.
Umid Iskandarov ushbu oliygohning televideniya va radio rejissyorligi bo'limida tahsil olgan.

O'qishni tamomlagach u san'at olamiga o'zining videokliplarda ishtiroki bilan kirib kelgan.Aktyor kinoda ilk marta "Qasd" va "Tuzoq" nomli filmlarda suratga tushgan.Ushbu filmlardan keyin u birin ketin turli kinolarda bosh qahramonlar rollarini ijro etgan va shu orqali aktyor sifatida  tanilgan.
Hozirgi kunga u o'ndan oshiq filmlarda ishtirok etgan.

Aktyorning shaxsiy hayoti haqida: Umid Iskandarov  Rinata ismli qizga uylangan.Bir necha yillik turmushlaridan keyin ular ajrashgan. 

Bugungi kunda Umid Iskandarov o'zining aktyorlik va rejissyorlik faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda.

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 657 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar