12:03
Xitoy armiyasi Tojikistonga o‘rnashmoqda

Iyul oyi oxirlarida Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida 2015 yildan beri uchunchi marta xitoy va tojik harbiylarining o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Ozarbayjonning Haqqin nashri.

Xitoy va tojik rasmiy manbalarining xabariga ko‘ra, unda Xitoy ozodlik armiyasining rotasi va tojik desantlari qatnashadi. Mashqlar jarayonida aviatsiya, zirhli texnika va artilleriya harakatga keltiriladi.



Bundan ikki yil oldinroq Moskva bilan Pekin o‘rtasida kelishilmagan bitim bor edi. Rossiya hududning harbiy siyosiy barqarorligini ta’minlar, Xitoy Markaziy Osiyoni, eng avvalo uning zaif bo‘g‘inlari bo‘lgan Qirg‘iziston va Tojikistonni iqtisodiy jihatdan o‘zlashtirar edi. Endilikda vaziyat o‘zgarmoqda. Xitoy Tojikistonning xavfsizlik masalalariga tobora ko‘proq aralashib qolmoqda. Tabiiyki, buning uchun Moskva bilan kelishib, uning roziligini olgan holda ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Bu Xitoy bosqini yoki kuch namoyish qilish uchun emas. Rasmiy Pekinni Markaziy Osiyoning xavfsizligini Rossiya ta’minlashi, Xitoy esa o‘z vazifalari bilan shug‘ullanishi to‘liq qoniqtirardi.

Lekin zamon o‘zgaryapti va XXR rahbariyati jarayonda qatnashish vaqti keldi, deb hisoblamoqda. Chunki Tojikiston rasmiy Pekindan qarzdor davlatgina emas, uning Xitoy makroiqtisodiyotiga qaramligi shu darajadaki, Xitoy bu yerda to‘liq joylashib olgan deb aytish mumkin. Bundan tashqari, Tojikiston Xitoy milliy xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini amalga oshirishda qo‘l keladigan davlat hamdir.

Afg‘oniston hududida Sharqiy Turkiston islom harakatining faollashuvi va uning Tojikistondagi uyg‘urlar bilan aloqasi borligi Pekin jiddiy qabul qiladigan xavfdir. «Tolibon» endi faqat Afg‘oniston bilan chegaralanib, o‘z ta’sirini Markaziy Osiyo respublikalariga yoymoqchi emasligi aniq bo‘lib qoldi. Lekin u O‘zbekiston islom harakati va shu kabilarni o‘z hududida chiqishtirmaydi. Bu guruhlar «Tolibon» siquvi ostida o‘z bozorlarini qayerga ko‘chirishi borasidagi javob aniq. Ayni damda Xitoy Tojikiston va Turkmaniston chegaralari mustahkamligini faqat sinab ko‘ryapti, qoradori o‘tkazib turibdi. Lekin mazkur holat ham vaqtincha.

Pekinda buni yaxshi tushunishadi. Dushanbe esa bu takliflarni xayrixohlik bilan qabul qilmoqda. 2016 yilda tojik – xitoy bitimi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, Pekin tojik chegarachilari uchun 11 ta avanpost, o‘quv markazi qurib berishni o‘z zimmasiga oldi. Bu bitimning yashirin ilovasi ham bo‘lib, unga ko‘ra, Xitoy Tojikiston – Afg‘oniston chegarasida 30–40 ta qo‘riqlash posti ham qurishga ruxsat oldi. Natijada Xitoy chegarachilarining ma’lum qismi bu yerga joylashtirildi. Shu yilning yanvar oyidan chegara hududni nazorat qilish vakolati xitoylik politsiyachilarga topshirildi. Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati hududida Xitoyning uch komendaturasi, beshta chegara zastavasi va bitta o‘quv markazi joylandi. Barcha xarajatlarni Xitoy qoplab berdi. Bu yerda Xitoy armiyasi muhandislari joylashdi.

Xitoy – tojik harbiy dala o‘quv mashqlari to‘g‘risidagi xabarlar Markaziy Osiyoda Pekin – Moskva munosabatlari keskinlashmoqda degan xabarlar paydo bo‘lishiga ham olib keldi. Yana bir jihati, Tojikistonda Rossiyaning 201 bazasida 7 ming rus xizmatchisi xizmat qiladi. Lekin 201-baza maxsus qo‘shin yoki chegarachilar emas. Xitoy – tojik munosabatlariga kelsak, ular bu yerda Moskva roziligini olgan holda harakat qilmoqda.

Jahongir Ergashev

Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 595 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar