Xarbiylar uchun 2019 she'r

Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz, 
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz, 
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan 
Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR. 

Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga, 
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga. 
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan, 
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR. 

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan, 
Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR? 
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan, 
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan. 


Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz, 
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz. 
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan- 
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!.

Категория: 14-Yanvar vatan himoyachilari kuni | Добавил: BOY_AKA (26.04.2019)
Просмотров: 881 | Теги: yangi sherlar, o'zbek o'g'lonlari uchun sherlar, 14 yanvar erkaklar kuni, 14 yanvar yigitlar bayrami, she'r. zamonaviy.net, manoli sherlar, vatan himoyachilari uchun sherlar, 14 yanvar uchun tabriklar, google uchun, she'rlar, tabriknomalar, tabrik she'rlar, tabrik so'zlari, askarlar uchun sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar