Seni kechirmayman

Kuyib bo'ldi yuragim
So'ndi orzu tilagim
Kerak bo'lmay qoldingku
Endi menga keragim

O'zing shuni xoxlading
Begonani izlading
Shirin bahtingdan kechib
Boyligini ko'zlading

Gulim mayli ketaver
Senga qaytgin demayman
Ko'rinmagin ko'zimga
Endi xech kechirmayman

Mayli birga bo'laver
O'sha bilan yuraver
O'rzudagi hayoting
Birgalashib quraver

Sog'inmay qo'ydim sira
Menga bo'lding begona
Bahtliman hozir qara
Topdim men ham yagonam

Gulim mayli ketaver
Senga qaytgin demayman
Ko'rinmagin ko'zimga
Endi xech kechirmayman
01.06.2019

Muallif: Abdulla Murodulla

Категория: Ayriliq haqida she'rlar | Добавил: BOY_AKA (31.07.2019)
Просмотров: 991 | Теги: sevgi olami, Kechirmayman, azob haqida sherlar, seni kechirmayman, armon haqida she'rlar, ayriliq haqida she'rlar, sevgi sherlari, sevgi muhabbat, alam haqida sherlar, kechirish haqida sherlar | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar