Unutma do'stim

Ey, do‘st, unut g‘amingni, 
In’om bil har damingni. 
O‘lchab bos qadamingni, 
Guvohingni unutma! 


Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan, 
Yo hiylagar shaytondan, 
Shart shuki, har zamonda 
Panohingni unutma! 


Ey, do‘st, unday ko‘kdan tush, 
Kelmagay Tangrimga xush. 
Savobingni qilmay pesh 
Gunohingni unutma! 


Ey, do‘st ber bir qultum may, 
Ko‘ngling yig‘laydi tinmay. 
Xech kimim  yo‘q deb xo‘rsinmay 
Hamrohingni unutma! 


Ey, do‘st, xushlaring qayda? 
Izg‘ivermay har joyda, 
Otangdan qolgan uyda 
Chirog‘ingni unutma!... 


Ey, do‘st, sezmaysan, esiz! 
Ortingda yo‘q bitta iz... 
Kim bo‘pti o'sha bevafo qiz, 
Ollohingni unutma!...

O'z yurtingni unutma!....

Категория: Do'st haqida she'rlar | Добавил: BOY_AKA (24.04.2019)
Просмотров: 1015 | Теги: juda qiziqarli sherlar, eng zo'r sherlar, yagi sherlar, Do'st, ajoyib sherlar, manoli sherlar, do'stlar haqida sherlar, do'stlar bilan tanishuv, dushmanlar haqida sherlar, do'stlik haqida sherlar, do'st orttirish, assal sherlar, yolg'onchi do'stlar, mazmunli sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar