Kamtarlik haqida (Erkin Vohidov)

Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.

Категория: Erkin Vohidov she'rlari | Добавил: BOY_AKA (24.04.2019)
Просмотров: 1865 | Теги: buyuk shoir erkin vohidov, erkin vohidov biografiyasi, zamonaviy.net, erkin vohidov barcha sherlari, o'zbek halq shoirlari, o'zbekiston shoirlari, sher, erkin vohidov hayoti va ijodi, erkin vohidov sherlari, kamtarlik haqida sherlar, erkin vohidov shoir, erkin voxidov haqida, erkin vohidov g'azallari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar