Umrim...

Besamar o'tkazibman
Qancha oyu yillarni
Bilib bilmay ranjitibman
Qancha sodda dillarni

Bugun o'ylab turibman
O'tib ketgan umrimni
O'tkinchi havaslarga
Sarflabman vaqtimni

Dardim olarda deya
Ichib turardim sharob
O'ylab ko'rsam u meni
Faqat qilarkan harob

Biror ishni qo'lidan
Maxkamroq ham tutmadim
Yiqilganda birovdan
Sira yordam kutmadim

Ishonchimga kirib olib
Aldadilar birovlar
O'zin farishta qilib
Ko'rsatguvchi ilonlar

Begona bo'lsa hamki
Yonimda turganlar bor
Eng yaqin do'stim bo'lib
Yuzini burganlar bor

Yuzimni tark etgandir
Dunyo dunyo quvonchim
Negadir odamlarga
Yo'qolyapti ishonchim

Bu dunyo asli bir kam
Tugamaydi kamlari
Har bir inson qalbida
Bor ekanda g'amlari
26.07.2019

Muallif:Abdulla Murodulla (Shoir Bola)

Категория: Hayot va Umr haqida she'rlar | Добавил: BOY_AKA (29.07.2019)
Просмотров: 934 | Теги: manoli sherlar, vaqt haqida sherlar, sherlar 2019, sher, yangi sherlar, o'tgan umr, tasirli sherlar, sherlar.net, hayot haqida sherlar, mazmunli shelar, umr haqida sherlar, umr daftari, besamar umr, inson hayoti | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar