Bazi erkaklardan mard ayollar

Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin.
Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar.
U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin.
Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.


Qarang go‘zalligi faqat siz uchun.
Ozorlab dilini bermang savollar.
Yashaydi ro‘zg‘oru o‘g‘il - qiz uchun.
Ishyoqmas erkakdan jasur ayollar.


Boshida oq tola dunyoning g‘ami.
Bardoshi oltindan tilida bollar.
Sizga bildirmaydi ko‘zida nami.
Dardini ichiga yutgan ayollar.


Vafo yuragida sadoqat qalbi.
Axdi yuksak erur labzi xalollar.
Sizga ishongani, aldangan, aybi....
Nomard erkaklardan marddir ayollar...


Ayolni ranjitmang, ranjimang aslo.
Siz uchun bulmasin ishqi uvollar.
Farishta jonini asraydi Ollox.
BA’ZI ERKAKLARDAN ERKAK AYOLLAR

Категория: Marhabo Karimova she'rlari | Добавил: BOY_AKA (24.04.2019)
Просмотров: 1236 | Теги: mardlar haqida sherlar, yangi sherlar, farg'ona, zamonaviy.net, mard erkaklar, marhabo karimova sherlari, ayollar haqida sherlar, mard ayollar, manoli sherlar olami, eng zo'r sherlar, bazi erkaklardan mard ayollar, erkaklar haqida sherlar, ajoyib sherlar, mazmunli sherlar, abdulhay karimov, Sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar