Sog'inchim...

Men kulgusin sog'ingan Inson 
Qalbi pora, yig'lab turibdi. 
Ko‘zlarida yig'lagan Sog'inch, 
Sevinch uni tashlab ketibdi.

 

Xazon kabi to‘kilar yurak, 
Bitta-bitta sinmoqda tanim. 
Kulgularin sog'ingan edim, 
Ko‘z yoshlari kutmoqda meni.

 

Butun dunyo aylangan nolga, 
Daqiqalar besamar tanti. 
Men yig'latgan u insonning-da 
Tugal edi azal o‘z baxti.

 

Baxtlarimiz tugadi bu kech, 
Yo‘llarimiz ayri-ayricha. 
Sen ne qilding, bilmadim, lekin 
To‘yib-to‘yib yig'ladim kecha.

 

Tun o‘qidi ruxga janoza, 
Oqshomda oy bo‘zlab yig'ladi. 
Bir yashagim keldi... kelmadi... 
Ammo buni xech kim bilmadi.

Категория: Sog'inch haqida she'rlar | Добавил: BOY_AKA (26.04.2019)
Просмотров: 1349 | Теги: sog'inch azoblari, tasirli sherlar, muhabbatnomalar, sog'inganlar uchun sherlar, yangi sherlar, Sog'indim Yor, qiziqarli sherlar, sog'inch haqida sherlar, sevgi she'rlari, manoli sherlar, qanday sog'intirish mumkin, sevishganlar uchun she'rlar, mazmunli sherlar, sog'inch satrlari, sevgi satrlari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar