Shu so'zni eshitmay o'lsam (Yor Yor)

Eh ko'zimga to'ldi yosh,
Yig'lolmasam netayin? 
Visolingga qalamqosh,
Yetolmasam netayin? 


Shuncha sevib bir seni,
Aytolmadim netayin? 
Bugun ko'zda yoshingni,
Artolmadim netayin? 

 

Ko'zlarimga boqolmay,
Deding to'yim bo'lyabdi,
Otam meni eshitmay,
Bir yigitga beryabdi.

 

Qanidi kar bo'lib qolsam,
So'zlaringni eshitmay qolsam,
Eh qanidi mening jonginam,
Shu so'zlarin eshitmay o'lsam!

Категория: To'y haqida ta'sirli she'rlar | Добавил: BOY_AKA (24.04.2019)
Просмотров: 881 | Теги: to'y haqida she'rlar, juda yurakni ezuvchi sherlar, ayriliq haqida sherlar, To'ylar Muborak, o'lan haqida sherlar, juda qiziq, hay hay o'lan, yor yor sherlari, armonli sherlar, ajoyib sherlar, alamli sherlar, to'ylar haqida sherlar, erga tegib ketayotgan qiz haqida, Armonim, yor yor haqida sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar