Bog'lar qiyg'os gulda

Bog‘lar qiyg‘os gulda — yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoi bir tarovatda.
Bir kaft bog‘ mehnatu hosilga vatan,
O‘zga ko‘rk, o‘zga rang har bir daraxtda.

Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya,
Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,
Biri-biri uchun qudrat, himoya.

Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz,
Bilmam, qayda tole serzavq, serjilo?
Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz,
Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo,

Bir qardosh tinchisiz — o‘zga beorom
Birining nonisiz — o‘zga emas to‘q...
Bu – qadim dunyoda yangi bir olam,
Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.

Tayanch bo‘lmasaydi odamzod albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt. 

Категория: Zulfiyaxonim she'rlari | Добавил: BOY_AKA (24.04.2019)
Просмотров: 28 | Теги: zulfiyaxonim sherlari, zulfiyaxonim ijodi va hayoti, o'zbek shoirasi zulfiyaxonim, bog'lar qiyg'os gulda, she'rlar, zulfiya yangi she'rlari, She'r, zulfiya sherlari, zufiyaxonim barcha she'rlari, zamonaviy.net, zulfiyaxonim biografiyasi, zulfiyaxonim haqida ma'lumot, o'zbek halq shoiri zulfiyaxonim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar