10:42
“Benom” va Zoxid triosi tuziladimi?

Uzbek estradasida o`zining alohida yo`nalishiga ega bo`lgan “ Benom” guruhi ijodning ayni qizigan pallasiga kirishgan. Guruh yigitlari mart oyida yurtimiz bo`ylab va chet el gastrol safarlarini rejalashtirgan. Jumladan 5 mart kuni Chimkent va 9 mart kuni Termiz shaharlarida o`zlarining ijod mahsullari bilan muxlislarini xushnud etadi.

Shuningdek, ijodkorlar Turkiya poytaxti Istambul shahrida 30-31 mart kunlari “Chunki bu biz” deb nomlangan konsert va unga ishlangan film uyg`unlikda Turkiyada takdim etiladi.

Gastrolning muhim yangiligi “Chunki bu biz” kliplar turkumining oldingi kismlaridarol ijro qilgan bosh qahramon Nargiz filmning 4-qismida ishtirok etmaydi. Buning sababi film qahramoni turmushga chiqdi. Hozirda yigitlar filmning davomiy qismida bosh qahramon rolini kim ijro etishi ustida bosh qotirmoqda . Bundan tashqari yigitlar turk va ingliz tillarida kuylashni o`z oldilariga maqsad qilgan.

“ Benom” guruhi tarkibiga “Ummon” guruhidan ajralib chiqqan Zohidning qo`shilishi haqida gap so`zlar tarkalgan edi. Guruh ijodkorlari kelajakda Zohid ishtirokidagi “Benom” triosi paydo bo`ladi, degan ma`lumotni rad etdi. Ammo kelgusida Zohid bilan duet kuylanishi mumkin, degan fikrlarni bildirdi.

Yoshlarimizning sevimli guruhiga aylanishga ulgurgan yigitlar o`zlarining navbatdagi konsert dasturiga ham tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan.

Biz esa guruh ijodkorlariga omad tilaymiz.

Категория: Shou biznes yangiliklari | Просмотров: 927 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
avatar