08:58
O`zbekistonning uchta hududida er silkinishi kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga qaraganda 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan 02:33 (13.03.2019 da 21:32 Grinvich bo`yicha) Qozog`istonda zilzila sodir bo`ldi. Xabarda qayd etilishicha, zilzila magnitudasi 4,3 ni tashkil etgan. Uning o`chog`i 10 km chuqurlikda qayd etildi.

Toshkentgacha masofa shimoliy-g`arbiy yo`nalish bo`yicha 28 kmni tashkil etdi.

Er silkinishi magnitudasi Toshkentda 4 ball, Gulistonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, deb qayd etilgan xabarda.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 849 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar